BYD o‘zining yangi Song Plus DM-i UzPride 2025 krossoverini O‘zbekistonda savdoga chiqardi. Model ikkita versiyada taklif qilinmoqda va xaridorlar uchun maxsus avtokredit dasturlari ham ochilgan.
Foiz stavkalari yiliga 18,9% dan boshlanadi, kredit muddati esa 3 yil yoki 5 yilgacha. Minimal boshlang‘ich to‘lov avtomobil narxining 25% ini tashkil etadi. To‘lov miqdori qancha yuqori bo‘lsa, foiz stavkasi shuncha past bo‘ladi.
| SONG PLUS DM-i UzPride 2025 Narxi | 110km Flagship | 150km Flagship |
|---|---|---|
| Цена | 374,100,000 сум |
396,600,000 сум |
Song Plus UzPride modeli ham imtiyozli kreditlash dasturiga kiritilgan. Masalan, 150 km Flagship komplektatsiyasini 50% oldindan to‘lov bilan sotib olgan xaridor oyiga qariyb 7,3 mln so‘m (3 yil muddatda) yoki 5,2 mln so‘m (5 yil muddatda) to‘laydi.
